03.00.00 - Biologiya fanlari

BO‘Z TUPROQ SHAROITIDA RAPS (Brassica napus L.) SIDERATINI YETISHTIRISH VA TUPROQQA ARALASHTIRISHNING AGROEKOLOGIK AHAMIYATI

Mirzayev U.N., Narzullayev S.N.
Nashr: №2
10.06.2026
264 marta o'qildi
203 ta yuklash

Annotatsiya

Maqolada Samarqand viloyati Payariq tumanining tipik sug‘oriladigan bo‘z tuproqlari sharoitida raps (Brassica napus L.) o‘simligini siderat (yashil o‘g‘it) sifatida bahorgi mavsumda yetishtirish va uning vegetativ biomassasini tuproqqa aralashtirish agrotexnologiyasi ilmiy jihatdan tadqiq etilgan. Tadqiqotlar qishloq xo‘jaligi ekinlariga jiddiy zarar yetkazuvchi ildiz bo‘rtma nematodalari (Meloidogyne spp.) bilan kuchli darajada zararlangan maydonda tashkil etildi. Raps 2026 yil 21 martda ekilib, o‘simlikning to‘liq gullash fazasida (2026 yil 1 iyun) mexanik usulda maydalandi va 20–25 sm chuqurlikda tuproqqa aralashtirildi.

Kalit so'zlar:

raps siderat Brassica napus biofumigatsiya Meloidogyne spp. bo‘z tuproq organik modda nematoda agroekologik samaradorlik.