03.00.00 - Biologiya fanlari
BO‘Z TUPROQ SHAROITIDA RAPS (Brassica napus L.) SIDERATINI YETISHTIRISH VA TUPROQQA ARALASHTIRISHNING AGROEKOLOGIK AHAMIYATI
Mirzayev U.N., Narzullayev S.N.
Nashr: №2
10.06.2026
263 marta o'qildi
203 ta yuklash
Annotatsiya
Maqolada Samarqand viloyati Payariq tumanining tipik sug‘oriladigan bo‘z tuproqlari sharoitida raps (Brassica napus L.) o‘simligini siderat (yashil o‘g‘it) sifatida bahorgi mavsumda yetishtirish va uning vegetativ biomassasini tuproqqa aralashtirish agrotexnologiyasi ilmiy jihatdan tadqiq etilgan. Tadqiqotlar qishloq xo‘jaligi ekinlariga jiddiy zarar yetkazuvchi ildiz bo‘rtma nematodalari (Meloidogyne spp.) bilan kuchli darajada zararlangan maydonda tashkil etildi. Raps 2026 yil 21 martda ekilib, o‘simlikning to‘liq gullash fazasida (2026 yil 1 iyun) mexanik usulda maydalandi va 20–25 sm chuqurlikda tuproqqa aralashtirildi.
Kalit so'zlar:
raps
siderat
Brassica napus
biofumigatsiya
Meloidogyne spp.
bo‘z tuproq
organik modda
nematoda
agroekologik samaradorlik.