07.00.00 - Tarix fanlari

SAMARQANDNING KULOLLIK XUMDONLARINING TEXNOLOGIK VA HUDUDIY TAHLILI (XI–XIII ASR BOSHLARI)

A.A.Nazarov
Nashr: №2
09.06.2026
248 marta o'qildi
214 ta yuklash

Annotatsiya

Mazkur maqolada Samarqand (Afrosiyob) hududidagi XI–XIII asr boshlariga oid kulolchilik xumdonlari arxeologik manbalar asosida texnologik va hududiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda kulolchilik ishlab chiqarishining shahar topografiyasida joylashuvi, xumdonlarning konstruktiv tuzilishi, tipologiyasi hamda iqtisodiy funksiyasi ko‘rib chiqildi. Arxeologik ma’lumotlar kulolchilik ishlab chiqarishi ixtisoslashgan hunarmandchilik mahallalarida tashkil etilganini, xumdonlar esa ikki kamerali vertikal konstruksiya asosida yuqori haroratda ommaviy ishlab chiqarishni ta’minlaganini ko‘rsatadi. Shuningdek, ularning shahar infratuzilmasi, savdo yo‘llari va xomashyo bazasi bilan bog‘liqligi aniqlandi. Natijalar Samarqandda kulolchilik ishlab chiqarishi shahar iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismi bo‘lganini ko‘rsatadi.

Kalit so'zlar:

Markaziy Sug‘d Samarqand kulolchilik xumdonlari hunarmandchilik mahallalari tipologiya texnologik tahlil shahar topografiyasi o‘rta asrlar.