SAMARQANDNING KULOLLIK XUMDONLARINING TEXNOLOGIK VA HUDUDIY TAHLILI (XI–XIII ASR BOSHLARI)
Annotatsiya
Mazkur maqolada Samarqand (Afrosiyob) hududidagi XI–XIII asr boshlariga oid kulolchilik xumdonlari arxeologik manbalar asosida texnologik va hududiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda kulolchilik ishlab chiqarishining shahar topografiyasida joylashuvi, xumdonlarning konstruktiv tuzilishi, tipologiyasi hamda iqtisodiy funksiyasi ko‘rib chiqildi. Arxeologik ma’lumotlar kulolchilik ishlab chiqarishi ixtisoslashgan hunarmandchilik mahallalarida tashkil etilganini, xumdonlar esa ikki kamerali vertikal konstruksiya asosida yuqori haroratda ommaviy ishlab chiqarishni ta’minlaganini ko‘rsatadi. Shuningdek, ularning shahar infratuzilmasi, savdo yo‘llari va xomashyo bazasi bilan bog‘liqligi aniqlandi. Natijalar Samarqandda kulolchilik ishlab chiqarishi shahar iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismi bo‘lganini ko‘rsatadi.