03.00.00 - Biologiya fanlari

OʻSISHNI RAGʻBATLANTIRUVCHI BAKTERIYALAR HAMDA FITOGORMONLARNING VITIS VINIFERA L. SUV ALMASHINUV XUSUSIYATLARIGA TAʼSIRI

Maxkamov A.M., Oʻroqov S.X., Keldiyarov X.O., Tursunov A.I.
Nashr: №2
18.06.2025
244 marta o'qildi
222 ta yuklash

Annotatsiya

Mazkur maqolada tok (Vitis vinifera L.) oʻsimligi suv taqchillik va suv saqlash xususiyatlariga fitogormon sintezlovchi bakteriyalar hamda gibberellin kislota, indolil-3-sirka kislota eritmalarining taʼsirini oʻrganish natijalari keltirilgan. Tadqiqot natijalariga koʻra istiqbolli bakteriyalar assotsatsiyasi kultural suyuqligi hamda fitogormonlar tok barglarining suv saqlash xususiyatini yaxshilab suv taqchilligini kamaytirganligi aniqlangan. Barglarning suv saqlash xususiyati oʻsishni ragʻbatlantiruvchi bakteriyalar assotsatsiyasi kultural suyuqligining 1%li suspenziyasi hamda gibberellin kislotaning 0,001%li eritmasi bilan ishlov berilgan variantlarda eng yuqori bo`lganligi, suv taqchilligi bakteriyalar assotsatsiyasi kultural suyuqligi bilan ishlov berilgan variantda eng past boʻlganligi aniqlandi.

Kalit so'zlar:

Tok Vitis vinifera Lactiplantibacillus plantarum Bacillus megaterium Pantoea agglomerans gibberellin kislota inlolil-3-sirka kislota suv taqchillik suv saqlash.