OʻSISHNI RAGʻBATLANTIRUVCHI BAKTERIYALAR HAMDA FITOGORMONLARNING VITIS VINIFERA L. SUV ALMASHINUV XUSUSIYATLARIGA TAʼSIRI
Annotatsiya
Mazkur maqolada tok (Vitis vinifera L.) oʻsimligi suv taqchillik va suv saqlash xususiyatlariga fitogormon sintezlovchi bakteriyalar hamda gibberellin kislota, indolil-3-sirka kislota eritmalarining taʼsirini oʻrganish natijalari keltirilgan. Tadqiqot natijalariga koʻra istiqbolli bakteriyalar assotsatsiyasi kultural suyuqligi hamda fitogormonlar tok barglarining suv saqlash xususiyatini yaxshilab suv taqchilligini kamaytirganligi aniqlangan. Barglarning suv saqlash xususiyati oʻsishni ragʻbatlantiruvchi bakteriyalar assotsatsiyasi kultural suyuqligining 1%li suspenziyasi hamda gibberellin kislotaning 0,001%li eritmasi bilan ishlov berilgan variantlarda eng yuqori bo`lganligi, suv taqchilligi bakteriyalar assotsatsiyasi kultural suyuqligi bilan ishlov berilgan variantda eng past boʻlganligi aniqlandi.