03.00.00 - Biologiya fanlari
MARJUMAK (FAGOPYRUM ESCULENTUM MOENCH) XORIJIY KOLLEKSIYA NAMUNALARINING BARGLARIDAGI FOTOSINTETIK PIGMENTLAR TAHLILI
Tuvganbayeva J.Q., Qulmamatova D.E.
Nashr: №2
18.06.2025
251 marta o'qildi
201 ta yuklash
Annotatsiya
Milliy genofondda saqlanayotgan marjumak ekinni oʻrganishda, mahalliy sharoitlarga moslashtirishda fiziologik belgilarni oʻrganish zarur. Tajribalarimizda marjumak oʻsimligining xorijiy kolleksiya namunalarida fotosintetik pigmentlar miqdori tahlil qilindi. Tahlil natijalariga koʻra, yalpi gullash davrida 44% namunalar barglarida xlorofill “a” miqdorining, 33 % namunalarda umumiy xlorofill miqdori nazorat navga nisbatan yuqori boʻlishi bu davrda oʻsimlikdagi fiziologik jarayonlarning jadal kechishi bilan bog‘liq ekanligi bilan izohlandi.
Kalit so'zlar:
Marjumak
milliy genofond
gullash
umumiy xlorofill
xlorofill “a”
xlorofill “b”
karotinoidlar.