03.00.00 - Biologiya fanlari

MARJUMAK (FAGOPYRUM ESCULENTUM MOENCH) XORIJIY KOLLEKSIYA NAMUNALARINING BARGLARIDAGI FOTOSINTETIK PIGMENTLAR TAHLILI

Tuvganbayeva J.Q., Qulmamatova D.E.
Nashr: №2
18.06.2025
252 marta o'qildi
201 ta yuklash

Annotatsiya

Milliy genofondda saqlanayotgan marjumak ekinni oʻrganishda, mahalliy sharoitlarga moslashtirishda fiziologik belgilarni oʻrganish zarur. Tajribalarimizda marjumak oʻsimligining xorijiy kolleksiya namunalarida fotosintetik pigmentlar miqdori tahlil qilindi. Tahlil natijalariga koʻra, yalpi gullash davrida 44% namunalar barglarida xlorofill “a” miqdorining, 33 % namunalarda  umumiy xlorofill miqdori nazorat navga nisbatan  yuqori boʻlishi bu davrda oʻsimlikdagi fiziologik jarayonlarning jadal kechishi bilan bog‘liq ekanligi bilan izohlandi.

Kalit so'zlar:

Marjumak milliy genofond gullash umumiy xlorofill xlorofill “a” xlorofill “b” karotinoidlar.