03.00.00 - Biologiya fanlari
YIRIK SHOHLI QORAMOLLAR MIKROBIOMIDAN AJRATIB OLINGAN ISTIQBOLLI BAKTERIYALAR ASOSIDA YARATILGAN BIOLOGIK FAOL QO‘SHIMCHALAR
Tohirova O. S. , Davronov K. D., Turaeva B. I.
Nashr: №2
10.06.2026
288 marta o'qildi
212 ta yuklash
Annotatsiya
Ushbu maqolada yirik shoxli qoramollarning ovqat hazm qilish tizimi mikrobiomining tarkibi va funksional xususiyatlari hamda undan ajratib olingan istiqbolli mikroorganizmlar asosida yaratilgan biologik faol qo‘shimchalarning ahamiyati ko‘rib chiqildi. Rumen mikrobiomi ozuqa parchalanishi, energiya hosil bo‘lishi va hayvon mahsuldorligida muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqotlar natijasida probiotik mikroorganizmlar ozuqa samaradorligini oshirishi, sut hosildorligini ko‘paytirishi va metan chiqindilarini kamaytirishi aniqlangan. Ushbu yondashuv chorvachilikda ekologik barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Kalit so'zlar:
rumen mikrobiomi
probiotiklar
yirik shoxli qoramollar
ozuqa samaradorligi
sut hosildorligi
biologik faol qo‘shimchalar
fermentatsiya
metan emissiyasi.