03.00.00 - Biologiya fanlari

YIRIK SHOHLI QORAMOLLAR MIKROBIOMIDAN AJRATIB OLINGAN ISTIQBOLLI BAKTERIYALAR ASOSIDA YARATILGAN BIOLOGIK FAOL QO‘SHIMCHALAR

Tohirova O. S. , Davronov K. D., Turaeva B. I.
Nashr: №2
10.06.2026
290 marta o'qildi
212 ta yuklash

Annotatsiya

Ushbu maqolada yirik shoxli qoramollarning ovqat hazm qilish tizimi mikrobiomining tarkibi va funksional xususiyatlari hamda undan ajratib olingan istiqbolli mikroorganizmlar asosida yaratilgan biologik faol qo‘shimchalarning ahamiyati ko‘rib chiqildi. Rumen mikrobiomi ozuqa parchalanishi, energiya hosil bo‘lishi va hayvon mahsuldorligida muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqotlar natijasida probiotik mikroorganizmlar ozuqa samaradorligini oshirishi, sut hosildorligini ko‘paytirishi va metan chiqindilarini kamaytirishi aniqlangan. Ushbu yondashuv chorvachilikda ekologik barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

Kalit so'zlar:

rumen mikrobiomi probiotiklar yirik shoxli qoramollar ozuqa samaradorligi sut hosildorligi biologik faol qo‘shimchalar fermentatsiya metan emissiyasi.