03.00.00 - Biologiya fanlari

A. ABSINTHIUM NING FOTOSINTETIK PIGMENTLAR MIQDORIGA MIKROKLONAL USULDA KOʻPAYTIRISHNING TA’SIRI

Ergashev A.A., Norboyeva U.T.2, Alikulov B.S.
Nashr: №1
27.03.2026
217 marta o'qildi
212 ta yuklash

Annotatsiya

Maqolada dorivor Artemisia absinthium L. ning regenerant koʻchatlarida fotosintetik pigmentlar miqdori  boʻyicha ma’lumotlar bayon qilingan. Olingan natijalarga koʻra, A. absinthium L.ning regenerant va tabiiy sharoitda yetishtirilgan koʻchatlarida vegetatsiya davrida fotosintetik pigmentlar  fenologik fazalarga qarab farqlandi. Mikroklonlangan koʻchatlarda barglash bosqichida xlorofill α va β miqdori yuqori bo‘lib, keyingi gullash va urugʻlash fazalarida asta-sekin kamaydi, karotinoidlarning ortib borish tendensiyasi kuzatildi. Ushbu ma’lumotlar regenerant koʻchatlarni iqlimalshtirish jarayonlarini optimallashtirishga xizmat qiladi.

Kalit so'zlar:

Artemisia absinthium L. mikroklonal koʻpaytirish regenerant fotosintetik pigmentlar.