03.00.00 - Biologiya fanlari
A. ABSINTHIUM NING FOTOSINTETIK PIGMENTLAR MIQDORIGA MIKROKLONAL USULDA KOʻPAYTIRISHNING TA’SIRI
Ergashev A.A., Norboyeva U.T.2, Alikulov B.S.
Nashr: №1
27.03.2026
219 marta o'qildi
212 ta yuklash
Annotatsiya
Maqolada dorivor Artemisia absinthium L. ning regenerant koʻchatlarida fotosintetik pigmentlar miqdori boʻyicha ma’lumotlar bayon qilingan. Olingan natijalarga koʻra, A. absinthium L.ning regenerant va tabiiy sharoitda yetishtirilgan koʻchatlarida vegetatsiya davrida fotosintetik pigmentlar fenologik fazalarga qarab farqlandi. Mikroklonlangan koʻchatlarda barglash bosqichida xlorofill α va β miqdori yuqori bo‘lib, keyingi gullash va urugʻlash fazalarida asta-sekin kamaydi, karotinoidlarning ortib borish tendensiyasi kuzatildi. Ushbu ma’lumotlar regenerant koʻchatlarni iqlimalshtirish jarayonlarini optimallashtirishga xizmat qiladi.
Kalit so'zlar:
Artemisia absinthium L.
mikroklonal koʻpaytirish
regenerant
fotosintetik pigmentlar.