03.00.00 - Biologiya fanlari

SAMARQAND SHAHRI URBANOFLORASIDA TARQALGAN EUPHORBIACEAE ОILASINING TAKSОNОMIK TAHLILI

G’ofurova G. Sh.
Nashr: №1
27.03.2026
256 marta o'qildi
199 ta yuklash

Annotatsiya

Mazkur tadqiqotda Samarqand shahri urbanoflorasida Euphorbiaceae oilasiga mansub turkum turlarining tarkibi va hayotiy shakllari o‘rganildi. Tadqiqotning maqsadi shahar hududida tarqalgan Euphorbiaceae vakillarining tur tarkibini aniqlash hamda ularning ekologik xususiyatlarini baholashdan iborat bo‘ldi. Dala kuzatuvlari va floristik tahlillar natijasida Samarqand shahri hududida Euphorbia va Chrozophora turkumlariga mansub bir nechta turlar aniqlanib, ularning ro‘yxati tuzildi. Aniqlangan turlar asosan bir yillik o‘tsimon o‘simliklardan iborat bo‘lib, ular urban muhit sharoitiga yaxshi moslashganligi bilan ajralib turadi. Ushbu vakillar ko‘proq yo‘l yoqalari, bo‘sh yerlar, qurilish maydonlari hamda antropogen ta’sir kuchli bo‘lgan hududlarda uchrashi kuzatildi. Tadqiqot natijalari Euphorbiaceae oilasi turlarining shahar sharoitida keng tarqalganligini va ularning urban ekotizimlarga moslashuvchanligini ko‘rsatadi. Olingan ma’lumotlar Samarqand shahri florasining taksonomik tarkibini aniqlashtirish hamda urban o‘simlik qoplami shakllanish jarayonlarini o‘rganishda muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi.  

Kalit so'zlar:

Euphorbiaceae Euphorbia Chrozophora urbanoflora Samarqand shahri taksonomik tarkib bir yillik o‘simliklar antropogen muhit bioxilma-xillik.