SAMARQAND SHAHRI URBANOFLORASIDA TARQALGAN EUPHORBIACEAE ОILASINING TAKSОNОMIK TAHLILI
Annotatsiya
Mazkur tadqiqotda Samarqand shahri urbanoflorasida Euphorbiaceae oilasiga mansub turkum turlarining tarkibi va hayotiy shakllari o‘rganildi. Tadqiqotning maqsadi shahar hududida tarqalgan Euphorbiaceae vakillarining tur tarkibini aniqlash hamda ularning ekologik xususiyatlarini baholashdan iborat bo‘ldi. Dala kuzatuvlari va floristik tahlillar natijasida Samarqand shahri hududida Euphorbia va Chrozophora turkumlariga mansub bir nechta turlar aniqlanib, ularning ro‘yxati tuzildi. Aniqlangan turlar asosan bir yillik o‘tsimon o‘simliklardan iborat bo‘lib, ular urban muhit sharoitiga yaxshi moslashganligi bilan ajralib turadi. Ushbu vakillar ko‘proq yo‘l yoqalari, bo‘sh yerlar, qurilish maydonlari hamda antropogen ta’sir kuchli bo‘lgan hududlarda uchrashi kuzatildi. Tadqiqot natijalari Euphorbiaceae oilasi turlarining shahar sharoitida keng tarqalganligini va ularning urban ekotizimlarga moslashuvchanligini ko‘rsatadi. Olingan ma’lumotlar Samarqand shahri florasining taksonomik tarkibini aniqlashtirish hamda urban o‘simlik qoplami shakllanish jarayonlarini o‘rganishda muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi.