Maqolada ilk bor sug’oriladigan hududlarning kollektor havzalari bir
butun –«tabiiy-xo’jalik tizim» sifatida tadqiq qilinadi. Kollektor havzalaridagi tabiiy-xo’jalik
tizimlarni o’rganishda havzaviy konsepsiyaning relyef plastikasi usuli qo’llanilishining asosiy
bosqichlari keltirib o’tilgan. Shu bilan birga, har bir bosqichda amalga oshiriladigan
tadqiqotning maqsad va vazifalari ko’rib chiqilib, ular o’zaro aloqadorlikda yagona bilish
tizimini hosil qiladi. Har bir tabiiy-xo’jalik tizimi kollektor havzalarining ichki strukturasi bilan
uzviy bog’langan bo’lib, o’ziga xos obyektni yuzaga keltiradi. Eng asosiy e’tibor tabiiy-xo’jalik
tizimlari barqaror rivojlanishining tabiiy va iqtisodiy-geografik asoslarini yoritishga qaratilgan.