Buning uchun bosh sahifada tugmasi mavjud Ro'yxatdan o'tish
Shundan keyin sizda fayl tanlash oynasi ko'rinadi
Tayyorlagan maqolangizning elektron nusxasini tanlang. Bunda tanlangan fayl .docx yoki .doc formatda bo'lishi maqsadga muvofiq
Jurnal uchun maqolani shablonga moslash bo‘yicha ko‘rsatmalar
1. Sahifa o‘lchamlari:
размер: Letter
Hoshiyalar: вверх: 2,5, нижнее: 2,5, Левое: 2,5, Правое: 2,5
Buni qanday bajarish quyidagi rasmlarda berilgan
Shundan so‘ng hosil bo‘ladigan dialog oynasini quyidagicha to‘ldirib OK tugmasini bosamiz
2. Maqola nomi:
11pt shriftda
Qalin shriftda (жирный)
Markazdan tekislangan
Maqola nomi bosh harflar bilan yoziladi. (Maqolaga UDK: raqam qo‘yilishi shart)
Abzas quyidagicha to‘g‘rilanadi: Перед: 60пт, После: 0пт
3. Muallif ism familiyasi.
Mualliflarning avval ismi keyin familiyasi to‘liq yoziladi (Anvar Anvarov)
11 shriftda yoziladi
Markazdan tekislanadi
Ish joyiga havola uchun raqamlardan 1, 2, 3, foydalaniladi (masalan: Anvar Anvarov1)
Abzas: yuqori va pastdan 18pt dan qoldiriladi
5. Ish joyi (Affliation).
11 shriftda yoziladi
Markazdan tekislanadi
Unda quyidagilar ko‘rsatiladi:
Universitet nomi, Shahar, Davlat (1Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, Samarqand, O‘zbekiston)
Abzas yuqoridan ham pastdan ham 0 qilinadi.
5. Email.
Barcha formatlar ish joyi formatlari bilan bir xil bo‘ladi.
Faqat mas'ul muallif ning pochtasi ko‘rsatilishi kerak
Masalan:
anvar1955@mail.ru
6. Annotatsiya va kalit so‘zlar uch tilda (o‘zbek, rus, ingliz)
11 shriftda yoziladi
(Maqola o‘zbek tilida bo‘lsa, dastlab o‘zbekcha Annotatsiya, kalit so‘zlar, keyin maqolaning ruscha nomi qalin harflar bilan, pastdan rus tilidagi Аннотация va калит сўзлар, keyin maqolaning ingliz tilidagi nomi qalin harflar bilan, pastdan ingliz tilidagi Abstract va Keywords).
Maqolalarning qisqacha annotasiyasi 10-12 qatordan oshmagan, Annotasiyada tadqiqot muammosi, uning dolzarbligi, tadqiqot muammosini ochib berish metodologiyasi, tadqiqot natijalari, maqolaning mazmunidan kelib chiqqib muallifning ilmiy va amaliy hissasini qisqacha bayoni keltiriladi.
Maqola mazmuni va maqsadini eng qisqa mazmunda ochib beruvchi kalit so‘zlar hisoblanadi. google.com, scholar.google.com elektron qidiruv tizimida maqolani tez topish uchun kalit so‘zlarning har biri asosiy matn tarkibida o‘rtacha 6-8 marta takrorlanishi tavsiya qilinadi.
Annotatsiya va kalit so‘zlar orasida vertical intervallar 0 qilinadi (buni bajarish ish joyi formatini to‘g‘rilashda ko‘rsatilgan edi)
Annotatsiyaning yuqorisida 10pt, kalit so‘zlarning pastida 10pt qoldiramiz
Отступ:
Перед: 10пт
После: 10пт
Shu bilan birgalikda Annotatsiya va kalit so‘zlar chap va o‘ng tomondan ham 0,51 masofada hoshiyalanadi.
Kalit so‘zlar – alifbo tartibida yozilishi kerak
7. Bo‘limlar nomlari
11 shriftda yoziladi
Qalin shriftda yoziladi
Bosh harflarda yoziladi
Yuqori va pastdan 12pt masofa qoldiriladi (Qanday bajarish yuqorida ko‘p takrorlandi)
8. Asosiy matn.
11 shriftda yoziladi
Har bir xatboshi(Abzas) asosiy matndan 0.51pt ga siljiydi
- Kirish (Introduction)
Kirish qismida tadqiqot muammosi, uning maqsad va vazifalari yoritiladi. Kirish qismida tadqiqotning dolzarbligini, ilmiy ahamiyati yoritib berilishi lozim.
- Mavzuga oid adabiyotlarning sharhi (Literature review)
Mavzuga doir adabiyotlar tahlili tadqiqot olib borilayotgan muammo yuzasidan muallifning bilim va tasavvurga ega ekanini namoyon etuvchi band hisoblanadi. Adabiyotlarning tahlili mazkur mavzu doirasidagi bilimlarni oshiradi va tadqiqot yuzasidan paydo bo‘ladigan savollarni yanada oydinlashtirishga ko‘maklashadi. Ma’lumki, har qanday tadqiqot ishi ushbu sohada yaratilgan avvalgi bilimlar negiziga yaratiladi. Adabiyotlar sharhi, sohadagi jurnal maqolalari va boshqa turdagi ma’lumot manbalari asosida amalga oshadi
- Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology)
Tadqiqotning eng muhim qismi hisoblanib, o‘tkazilayotgan tadqiqotning umumiy xaritasi, tadqiqot yo‘nalishi va natijaga olib boruvchi hisoblanadi. Tadqiqot yo‘nalishini belgilash, tadqiqot muammosining yechimiga qaraatilgan rejasini tuzish, tadqiqot uchun zaruriy axborotlarni yig‘ish, tadqiqot etikasini belgilash, tadqiqot strategiyasini aniqlash bo‘yicha qaror qabul qilish asosida qo‘yilgan muammoning aniq yechimiga olib chiquvchi yo‘lni belgilashdir. Metodologiya qismi tadqiqot uchun tanlangan yo‘lning ishonchliligini asoslash orqali namoyon bo‘ladi.
- Tahlil va natijalar (Analysis results)
Tadqiqotning tahlil qismida yig‘ilgan ma’lumotlarning tahlilini amalga oshiradi. Bunda faqatgina tahlil usulining natijalari ifoda etiladi. Natijalar bo‘yicha muhokama maqolaning keyingi qismining vazifasi hisoblanadi.
- Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations)
Tadqiqotning maqsad va vazifalarining aniqlanganligi, tadqiqot bo‘yicha tug‘ilgan muammolarining yechimini topganligi, tadqiqotning asosiy natijalariga va tadqiqotga umumiy xulosalar, takliflar va tadqiqotdan kelib chiqib, tadqiqot ishi yo‘nalishlari maqola xulosa va takliflari qismining asosini tashkil etishi lozim.
Matndagi bibliografik havolalar (ssilka) kvadrat [1] qavsda ro‘yxatda keltirilgan tartibda qayd qilish lozim.
Microsoft Equation 3.0 yoki MathType editorlarida yozilishini tavsiya qilamiz.
Microsoft Word 2007 va keyingi versiyalarida mavjud Уравнение dan foydalanish ham mumkin.
Bitta maqolada ham Microsoft Equation 3.0 yoki MathType, ham Уравнение dan foydalanish mumkin emas. (Yoki unisi yoki bunisi)
11 shriftda yoziladi
O‘ng tarafdan tekislanadi
(1)
Numeratsiya ketma-ket bo‘lishi kerak. Raqamlashda oraliqda biror son qolib ketmasligi kerak
Matn ichidagi formulalar ham Microsoft Equation 3.0 yoki MathType editorlarida yozilgan bo‘lishi kerak.
Samarqand davlat universitetining “Samarqand universiteti Ilmiy Axborotnomasi” ilmiy jurnali 1999 yildan boshlab chop etilib kelinmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti adminstrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida 2020 yil 9 iyulda 0056-raqamli guvohnoma bilan ro’yhatga olingan. Jurnal yiliga olti marta chop etiladi. Ilmiy jurnal quyidagi fan tarmoqlari bo’yicha ixtisoslashgan:
Jurnalning aniq fanlar va tabiiy fanlar seriyasidagi matematika, fizika, kimyo hamda gumanitar fanlar seriyasidagi tarix, falsafa, filologiya, pedagogika va psixologiya yo’nalishida chop qilingan maqolalar OAK ro’yxatiga kirgan. Bundan tashqari tabiiy fanlar seriyasidagi ingliz tilida chop etilgan maqolalar xalqaro maqola sifatida e’tirof etiladi.
Samarqand universiteti Ilmiy Axborotnomasi jurnali tahririyati Respublikamiz olimlari, doktorant va tadqiqotchilarining ilmiy maqolalarini chop etishga, Xalqaro va Respublika miqyosida ommalashtirishga doimo tayyor, Siz kabi ilm-fan fidoyilari bilan hamkorlikda ishlashdan minnatdormiz.
Fikr bildirish