Maqolada Oʼzbekiston voha landshaftlarining vujudga kelishi,
shakllanishi va barqaror rivojlanishining geologik davrining tarixiy-geografik bosqichlariga
toʼgʼri kelishi va landshaft sferasining rivojlanish tarixida alohida oʼrin tutishi bayon qilingan.
Voha landshaftlarining davrlar boʼyicha dinamik rivojlanishi Zarafshon botigʼi va Qashqadaryo
havzasi misolida batafsil yoritilgan.