. Мaqolada Ulus cho‘li tuproqlari, tuproqlar ostidagi lyoss va lyossimon
yotqiziqlarning tuzilishi va kimyoviy tarkibi to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan. Ichimlikda
ishlatilayotgan quduq suvlarining sifati va rejimida bo‘layotgan o‘zgarishlar Ulus cho‘lidagi
Boshquduq qishlog‘i va cho‘ldagi boshqa quduqlar misolida tushuntirilgan. Quduqlardagi suv
sifatidagi o‘zgarishlar suv minerallashishi, qattiqligi, vodorod ko‘rsatkichi, asosiy anionlar va
kationlar tahlili asosida berilgan. Ulus cho‘lida quduq suvlari ko‘p hollarda ichimlik suv
standart talablariga javob bermaydigan darajaga yetganligi aniqlangan.