Maqolada Samarqand meteorologiya stantsiyasida 2009-2018 yy. davrida olib
borilgan muddatli kuzatuv maʼlumotlarini statistik qayta ishlash asosida Samarqand shahrining iqlimiy
sharoitlari baholangan. Havo qurgʼoqchiligining termogigrometrik koeffitsienti (TGK) asosida shaharda
yuzaga keladigan issiqlik komforti sharoitlarining vaqt boʼyicha taqsimlanish xususiyatlari aniqlangan.
Turizm maqsadlarida foydalanish uchun issiqlik komforti hamda ob-havoning estetik va fizikaviy
sharoitlari “Turizm iqlimiy axborot sxemasi” koʼrinishida havola qilingan.