Maqolada Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimiga tutash landshaftlarning tasniflash
tamoyillari va qonuniyatlari yoritilgan. Tabiiy geografik komplekslarni taksonomik birliklarga
ajratishda landshaftshunoslikning umumiy yo‘nalishi asos qilib olingan. Ko‘lga tutash landshaftlar tog‘
va tekislik sinfga ajratilib tadqiq qilingan.