Ushbu maqolada Gossypium L. turkumining G.mustelinum Miers ex Watt va
G.herbaceum L. turlarining oʼzaro chatishtirish natijalari hamda F0 duragay koʼsaklarida urugʼ tugilishi
boʼyicha maʼlumotlar berilgan. Tadqiqotlar natijasida, genomlararo chatishtirishda duragay koʼsaklar
va urugʼlarning tugilish foizi past boʼlishi aniqlandi. Hozirgacha olingan natijalar ushbu turlar oʼzaro
qiyin chatishishini, bu esa turlarnig bir biridan uzoqligidan dalolat beradi. Olingan natijalar yuqori
avlodlarda qiyosiy oʼrganiladi va sitologik tahlillar yordamida aniqlashtiriladi.