Ushbu ishda tetraetoksisilan (TEOS) ning toʻrsimon tuzilishli polimerlari zol-gel
texnologiyasi yordamida tayyorlandi. Bu ishni amalga oshirish uchun anorganik TEOS asosidagi
silikatlar prekursor sifatida ishlatildi. Tayyorlangan optik materiallarning tarkibi optimal qilib
tanlangandan so‘ng unga turli biomolekulalar birikishi oʻrganildi.