Ushbu maqolada polivinilxlorid (PVX) va chiqindilar asosida olingan, kuchsiz
asos xossasini namoyon qiluvchi ionitga sun’iy eritmalardagi Cu2+ ionlarining sorbsiyasi 298K
haroratda, sorbsiya davomiyligi muvozanat holatigacha (18-soat) va turli konsentratsiyalarda o‘rganish
natijalari keltirilgan. Jarayonlarning muvozanat holatidagi adsorbsiya mexanizmini ifodalash uchun
Lengmyur, Flori-Haggins, Freyndlix, Temkin va Dubinin-Radushkevich izoterma modellaridan
foydalanildi. Olingan natijalar asosida hisoblab topilgan izoterma parametrlari ?2 (0,774-0,987) qiymati
barcha izoterma modellarida mos kelganligi aniqlandi. Lengmyur izoterma modeli bo‘yicha ????=
109,9 mg/g, Flori-Xaggins izoterma modeli bo‘yicha ∆Gads=-20,314 kDj/mol, Freyndlix izoterma
modeli bo‘yicha n= 2,865, Temkin izoterma modeli bo‘yicha ?? =120,3 J/mol, Dubinin-Radushkevich
izoterma modeli bo‘yicha ??=2,14•10-2 kJ/mol•K va ??= 4,84 kJ ekanligi kelib chiqdi. Bu esa
polivinilxlorid hamda chiqindilar asosida tarkibida azot saqlagan yangi ionitga Cu2+ ionlarini yuqori
darajada sorbsiyalashini ko‘rsatadi.