Ma'lumot

HAVO-PROPAN ARALASHMASINING TOVUSHDAN TEZ OQIMI ALANGASIDA PO‘LATNI ERITIB OLINGAN MATERIALNING ISSIQLIK O‘TKAZUVCHANLIGI

E. U. Arziqulov , S. Q. Axrorov , X. Xasanov , S. Q. Eshmamatov , M.D.Tashboev , N. Mamatqulov , Sh.Quvondiqov


Maqolada sanoat miqiyosida ishlatiladigan “stal 3” rusumli po‘latni havopropan gazlari aralashmasining tovushdan tez oqimi alangasida eritish orqali hosil qilingan g‘ovak material namunasini issiqlik o‘tkazuvchanligini –140÷+400 0C temperatura oralig‘ida IT-λ-400 qurilmasi yordamida o‘lchash natijalari keltirilgan. Natijalar g‘ovaklik darajasi turlicha bo‘lgan g‘ovak po‘lat uchun adabiyotlarda keltirilgan tajriba natijalari bilan solishtirilib, ularning o‘zaro yaxshi muvofiq kelishi aniqlangan. Bunday g‘ovak namunalardagi issiqlik o‘tkazuvchanlik elektronli hamda fononli mexanizmlardan farqli ravishda, g‘ovaklardagi havo va g‘ovakning qattiq qobig‘i orqali uzatilish mexanizmi bilan tushintirilgan.



https://doi.org/10.59251/2181-1296.v5.1292.874

Sahifalar soni 01-9 | 178 Ko'rishlar | 98 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish