Mazkur maqolada qishloq xoʻjalik tarmoqlarini oqilona joylashtirish va
rivojlantirish borasida ilmiy izlanishlar olib borgan olimlarning tadqiqotlari oʻrganilib, tahlil qilingan.
Tahlillar natijasida chorvachilik tarmoqlarini joylashtirish, ixtisoslashtirish rivojlantirish uchun
geografik omillarga alohida toʻxtalib oʻtilgan. Tabiiy, iqtisodiy-ijtimoiy va tashkiliy-huquqiy omillar
chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirishda asosiy oʻrin tutadi. Bu omillarni oʻrganish va qishloq
xoʻjalik soxasida ilmiy izlanish olib borgan olimlarning takliflari asosida tadqiqot olib borilayotgan
Navoiy viloyatida chorvachilik tarmogʻini rivojlantirish xususida fikr-mulohazalar, takliflar
keltirilgan.