Maqolada galofit oʻsimliklar endofit bakteriyalarining oʻsimliklarda shoʻrlanish
stressini kamaytirishdagi mexanizmlari, jumladan, fitogormonlar ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy
ilmiy manbalarda tahlili natijalari bayon qilingan. Ushbu tahliliy maʼlumotlar istiqbolda galofitlarning
endofit bakteriyalaridan oqilona foydalanish texnologiyalarini yaratishga asos boʻlib xizmat qilishi
mumkin.