Ushbu maqolada kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini yanada
rivojlantirish jarayonida ijtimoiy sherikchilik munosabatlari tizimining o‘rni va roli, uni shakllantirish
mexanizmlari hamda sohada ijtimoiy mehnat munosabatlarining tashkiliy, iqtisodiy jihatlari,
masalalari nazariy jihatdan yoritilgan, taklif va xulosalar keltirilgan.