Deionizatsiyalangan suvda o‘rtacha diametri 12 nm va 40 nm kremniy dioksidi
nanozarrachalarining kontsentratsiyasi 0.5% va 3% massaviy ulushidagi namunalar ultratovushli
dispergatorda dispersiyalandi. Hosil bo‘lgan nanosuyuqliklarning qovushqoqligi 304 K temperaturada
eksperimental o‘rganildi va sedimentatsiya jarayoni nanozarrachalar chiziqli o‘lchamiga bog‘liq holda
tadqiq qilindi. Natijalar tahliliga ko‘ra nanosuyuqlikning qovushqoqligi nanozarrachalar chiziqli
o‘lchami kamayishi bilan ortib borishi kuzatildi