Ushbu maqolada (16447) Vauban asteroidining Maydanak observatoriyasida
2020-yilning 3-sentabridan 26-oktabriga qadar o‘tkazilgan kuzatuv ma’lumotlari qayta ishlanib,
asteroidning yorqinlik va fazaviy egri chiziqlari o‘zgarishlarining fundamental va amaliy tahlillari
keltirilgan. Tahlillar orqali ushbu asteroidning R yorug‘lik filtri bo‘yicha Absolyut yulduz kattaligi,
faza funksiyasining H va G kattaliklar qiymatlari, faza integrali va faza egri chizig‘ining qiyalik
xarakteristikalari aniqlangan.