Maqolada Qashqadaryo havzasida joylashgan Qalqama suv omborining
gidrologik rejimi, undan asosan irrigatsiya maqsadlarida kompleks foydalanilish masalasi tadqiq
etilgan. Ishda inson xo‘jalik faoliyati va qishloq xo‘jalik ehtiyojini suv bilan ta’minlashda suv
omborlarining o‘rni hamda ulardan samarali va oqilona foydalanish, iqlimga bog‘liq xolda suv hajmini
fasllar, mavsumlar bo‘yicha o‘zgarishi yoritilgan.