Maqolada rashk muammosining emotsional va shaxslararo
munosabatlardagi taʼsirining psixologik mohiyati yoritib berilgan. Rashkning ilmiy-falsafiy
qarashlarda keltirilgan turlari, belgilari va shaxsga psixologik taʼsiri bayon etilgan.
Shaxslararo munosabatlarda oilaviy nizolarni keltirib chiqaruvchi muhim sabablar orasida
rashkning oʻrni masalasi oʻtkazilgan tadqiqot natijalarida taxlil etilgan.