Ushbu ishda qattiq agregat holatdagi mis elementini normal atmosfera bosimida
to‘lqin uzunligi 1064 nm, impuls davomiyligi 28 ps bo‘lgan Nd: YAG lazer nurlanishi ta’sirida hosil
bo‘lgan plazma spektroskopik usul yordamida o‘rganildi. Mis sirtida hosil qilingan lazer plazmasi
asosiy xususiyati bo‘lgan ektron temperaturasi uch xil usulda aniqlandi. Bular lazer nuri quvvat
zichligiga bog‘liq ravishda va bir xil ion o‘tishdan hosil bo‘lgan ikkita spektral chiziqning intensivligi
nisbati bilan hamda Boltsman tenglamasidan foydalanib hisoblandi.