Mazkur maqolada yangi iqtisodiyotni yoki bilimga asoslangan
iqtisodiyotni yaratishda fan-ta’lim klasterlarining o’rni ko’rsatib berilgan. Ta’lim, fan va
ishlab chiqarish sohalarining ilmiy-texnik potensiallarining integrasiyalashuvi innovasion
mahsulot yaratilishini hamda intellektual mehnat bozorida kadrlarning raqobatbardoshligini
kafolatlashi xorijiy mamlakatlar misolida qarab chiqilgan.