Ma'lumot

O‘ZBEK TILIDAGI AYOL BILAN BOG‘LIQ MAQOLLAR TAHLILI

Ahmet ERDEM


Ushbu maqolada ko‘p qo‘llaniladigan maqollardagi “ayol”

tushunchasini yoritib berishga harakat qilamiz. An’anaviy turmush tarzini keng miqyosda

saqlab qolgan o‘zbeklar “ayol” tushunchasiga maqollar vositasida qanday ma’no yuklagani,

ayolning oiladagi o‘rni va ahamiyati, ayolning jamiyatdagi boshqa rollarini ham tahlil qilib,

kam tadqiq qilingan ushbu mavzuga o‘z hissamizni qo‘shish niyatidamiz. Ayol bilan bog‘liq

maqollar uning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va unga berilgan ona, qaynona, qiz, kelin, kundosh,

tul xotin kabi rollarida namoyon bo‘ladi. Ayol bilan bog‘liq o‘zbek maqollari son jihatidan

juda ko‘p bo‘lishiga qaramay, maqolamizda ularning ma’lum qismidangina foydalanishni

yetarli deb topdik va cheklangan sondagi maqollarni misol sifatida keltirdik. Maqolaning

kirish qismida maqol ta’rifi keltirilib, ishning eng muhim qismi sanaluvchi “ayol” obrazining

o‘zbek madaniyatidagi o‘rni ko‘rsatildi. Undan so‘ng ayol bilan bog‘liq maqollar va ularning

izohlarini berishga urindik.



https://doi.org/10.59251/2181-1296.v4.1282.671

209 Ko'rishlar | 218 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish