Yutilish koeffitsiyenti gamma kvantlarning muhit bilan ta’sirini toʻla xarakterlaydi,
chunki u koʻrilayotgan jarayonning toʻla kesimi bilan bogʻlangan boʻladi. Gamma-nurlarning yutilishi
asosan fotoeffekt, Kompton effekt va elektron-pozitron juftini hosil qilishlik bilan boʻladi. Fotoeffekt
bilan kompton effekti gamma-nurlarning atom elektronlari bilan toʻqnashishida yuz bersa, elektronpozitron
jufti gamma kvantning atom yadrosi bilan ta’sirida roʻy beradi.