Mamlakatimizda aholining ish bilan bandligini ta’minlash mehnat bozorida ishsizlikni kamaytirish hamda aholining real daromadlarini oshirish imkonini beradi. Bu esa oʻz navbatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni hamda aholining oʻz-oʻzini ish bilan ta’minlashni ragʻbatlantirish, ishsizlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ish bilan bandlikning noan’anaviy shakllarini qoʻllashni talab etadi