Iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarida mehnatni tashkil qilish orqali xizmat sifatini oshirishini talab qilmoqda. Ushbu masalining dolzarbligidan kelib chiqqan holda maqolada aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish insonning ko‘p tomonlama ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan tizimni takomillashtirish mexanizmlari o‘rganilib tegishli taklif va tafsiyalar ishlab chiqilgan.