Pedagog kadrlar malakasini oshirish sohasida ularning kasbiy tayyorgarlik darajasini belgilash, undagi talablarga javob beradigan jihatlarni hamda mavjud kamchiliklarni va bo‘shliqlarni aniqlash asosida malaka oshirishga bo‘lgan haqiqiy ehtiyojlarni belgilash amalga oshiriladi. Bu ehtiyojlarni malaka oshirishga buyurtmalarni shakllantirishda hisobga olish aniq maqsadli va shunga asosan samarali malaka oshirishni ta’minlaydi. Bu esa pedagogik kompetensiyani rivojlantirishga olib keladi.