Ma'lumot

O‘QUVCHI YOSHLARDA USTANOVKALARNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

G.B.Amirova


Sof psixologik ma’noda yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantiruvchi va o‘zgartiruvchi ijtimoiy psixologik mexanizm – bu ijtimoiy ustanovkalardir. Bu – shaxsning atrofmuhitida sodir bo‘layotgan ijtimoiy hodisalarni, obyektlarni, ijtimoiy guruhlarni ma’lum tarzda idrok etish, qabul qilish va ular bilan munosabatlar o‘rnatishga ruhiy ichki hozirlik sifatida odamdagi dunyoqarashni ham o‘zgartirishga aloqador kategoriyadir. Shaxs ustanovkasi uning ijtimoiy, hamda xulqiy xususiyatlarini belgilovchi asosiy qadriyatlaridan biri hisoblanadi. Ustanovka deganda, eng birinchi navbatda, shaxsning atrof-muhitga bo‘lgan ustuvor ijtimoiy munosabatlarining in’ikosi tushuniladi. Aynan shaxs ustanovkasi, yo‘nalganlik orqali qadriyatlar inson faoliyatida o‘zining real aksini topadi, ya’ni faoliyatning barqaror motivlariga aylanadi.



None

198 Ko'rishlar | 132 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish