Ushbu ishda ilk bor tetra-n-butilammoniy gidroksid va dimetilsulfoksid asosida tayyorlangan yuqori asosli katalitik sistema yordamida molekulasida alifatik, alisiklik, aromatik va geterosiklik o‘rinbosarlar saqlagan terminal atsetilen spirtlarining ketonlar bilan nukleofil birikish reaksiyasi asosida yuqori biologik faollikka ega bo‘lgan atsetilen diollari sintezi o‘rganilgan. Atsetilen diollarini sintez qilishning nisbiy samaradorlik qatori ishlab chiqilgan, nukleofil birikish jarayonining eng muqobil sharoitlari aniqlangan hamda reaksiya mexanizmlari taklif etilgan. Sintez qilingan atsetilen diollari identifikatsiyalangan, ularning xususiy konstantalari, tuzilishi, tozaligi va tarkibi zamonaviy fizik-kimyoviy tadqiqot usullari yordamida isbotlangan.