Ushbu maqolada bir bosqichli sovutish mashinasining sovutuvchi agentlari (R22 va R290) ni hisoblash va tahlil qilish, sovutuvchi agentlarning afzalliklari va kamchiliklari, asosiy texnik xususiyatlari, lgP-I diagrammasi va shunga asosan bir bosqichli sovutish mashinasining sxematik ko‘rinishi tasvirlangan. Bir bosqichli sovutish mashinalarini hisoblash, siklning asosiy parametrlarini aniqlash, kompressorning ishlash hajmini aniqlash, kompressor quvvatini aniqlash, sovituvchi agentlarning temperaturaga bog‘liq holda to‘la sovutish quvvati, elektr istemoli va sovutish koeffitsienti grafiklari taqdim etilgan hamda kompressor tanlash va bir bosqichli sovutish mashinalari uchun samarali sovutuvchi agentdan foydalanish o‘rganilgan.