Mazkur maqolada Samarqand Sug‘dining janubiy-g‘arbiy tomonida joylashgan Abgor rustoqining mintaqada tutgan iqtisodiy-siyosiy ahamiyati yoritib berilgan. Rustoqlar rivojlangan o‘rta asrlarda o‘ziga xos ma’muriy-iqtisodiy hudud bo‘lib, tarixiy taraqqiyot davomida ma’lum bir birlik sifatida shaklllangan. Ilk o‘rta asr hujjatlarida, rivojlangan o‘rta asr sharq qo‘lyozmalarida keltirilgan ma’lumotlar tahlili asosida Abgor rustoqining Sug‘d, umuman olganda Somoniylar va Qoraxoniylar davlatlaridagi siyosiy-iqtisodiy o‘rnini belgilab berilgan. Shuningdek, ko‘p yillar davomida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar doirasida qo‘lga kiritilgan xulosalardan ham foydalanilgan. Abgor rustoqi Samarqand Sug‘di yoki Markaziy Sug‘dda antik davrlarning so‘ngi bosqichlaridanoq alohida ma’muriy birlik sifatida shakllana boshlagan edi. Bu yerda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar ham ushbu fikrimizni tasdiqlaydi. Keyinalik ilk o‘rta asrlarda Sug‘d konfederatsiyasi tarkibida, rivojlangan o‘rta asrlarda esa Somoniylar amirligi va Qoraxoniylar xonligi davrida Abgor rustoq sifatida namoyon bo‘lgan