Annotatsiya. Maqolada XXI asr global ma’naviy geostrategik makon mentalitetlari o‘rtasidagi ziddiyatlarning yanada rivojlanishiga olib kelayotgan omillar, ma’naviy makon ayni paytda geostrategik makon rolini o‘tashga olib borilayotganligi, xalqlarning umumiy madaniy muhiti, axborot olish manbasi umumiyligi, yagona din yoki mazhabda turishi, tabiiy landshaft va moddiy resurslarni birgalikda foydalanish imkoniyati – ma’naviy va qisman mafkuraviy makon sifatida xizmat qilishi, ma’naviy-mafkuraviy xavfsizlik tizimi, nomoddiy ma’naviy qadriyatlar, jumladan, inson ruhiyati (ichki tuyg‘u va kayfiyat) bilan bog‘liq holda tobora o‘zgarib borayotganligi, ma’naviy-mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlash bilan bog‘liq ehtiyojlar, global tahdidlarning ayrim jixatlariga to‘xtalib o‘tilgan.