Ushbu maqolada ikki karra nochiziqli, manba ta’siri va o‘zgaruvchan zichlikka ega tabiatda uchraydigan jarayonlarni tavsiflovchi parabolik tenglama uchun Koshi masalasi yechimlarining sifat xossalari aniqlandi. Maqolada nochiziqli masalani sonli yechish uchun muhim bo‘lgan boshlang‘ich yaqinlashish muammosi hal etildi. (1), ( 2) masala uchun global yechimi mavjudligi va yechim uchun quyi va yuqoridan baholashlar olingan.