Annotatsiya: Mazkur maqolada ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda O‘zbekistonda tarix fani va uni o‘qitish bilan bog‘liq jihatlar, tarix fani mazmunida yuz bergan o‘zgarishlar, ta’limi va tarixiy bilimlarni o‘qitish bilan bog’liq holatning sovet hokimiyati hukmronligi yillarida hal etilishi masalalari tarix fanini o‘qitish tizimi misolida ko‘rib chiqilgan. Masalaning asosiy jihatlari va yechimlari sovet davri ta’lim tizimi, tarix fani va hukmron partiya siyosatining tarix ta’limiga ta’siri, tarix faniga mafkuraviy jihatdan munosabatda bo‘lish kabi jihatlar arxiv hujjatlari va ilmiy adabiyotlar asosida yoritib berilgan.