Ma'lumot

O‘QUVCHILARNING “INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” FANIDAN IJODIY KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH VA UNI BAHOLASH MEZONLARI

Sh.Shodiyev


Maqola o‘quvchilarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga oid ijodiy kompetensiyalarini adekvatlik va ijodkorlik mezonlari komponentalari: foydalilik, ravonlik, o‘ziga xoslik asosida matematik-statistik tatqiq etishga bag‘ishlangan. Unda 7-sinf o‘quvchilarining “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan tanlangan “Bir sanoq sistemasidagi sonlarni boshqa sanoq sistemasida tasvirlash” mavzusi bo‘yicha ijodiy kompetensiyalari yuqorida ta’kidlangan mezonlar asosida baholangan. O‘quvchilarning ijodiy kompetensiyalarini baholashda Spirmenning ikki tomonlama korrelyatsiya tahlili qo‘llanilgan. Tadqiqot natijalari o‘quvchilarning ijodiy kompetensiyasilarini baholashda ijodkorlik mezoni komponentalari alohida va o‘zaro uyg‘unlikda ta’sir etishini ko‘rsatadi.



https://doi.org/10.59251/2181-1296.2023.v4.140.2.2376

Sahifalar soni 01-17 | 108 Ko'rishlar | 22 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish