Ushbu maqolada Zarafshon vohasining yuza oqimi va qaytarma oqimlar orasidagi bogʻliqlik tahlil qilinib, ularni miqdoriy baholashning ayrim masalalari tadqiq qilingan. “Qaytarma suvlar” atamasiga aniqlik kiritilib, ularni baholashning hozirgi muammolari yoritilgan. Mintaqada qaytarma suvlardan effektiv foydalanish boʻyicha taklif va tavsiyalar berilgan.