Ma'lumot

RUX OKSIDI NANOSTRUKTURALARINING MORFOLOGIK VA KRISTALLOGRAFIK XOSSALARINING SINTEZ SHAROITIGA BOG‘LIQLIGI

Sh.Z. Urolov, Z.Sh. Shaymardanov, R.R. Jalolov, B.N. Rustamova, E.U. Arziqulov


Ushbu ishda rux-atsetat-digidrat (ZnC4H6O4∙2⸱H2O) ni metanol (CH4O) da gidrolizlash orqali kimyoviy cho‘ktirish usulida rux oksidi (ZnO) nanostrukturalarini sintez qilish jarayoni bayon qilingan. Sintez jarayonida hosil bo’ladigan ZnO nanostrukturalarining morfologik va kristallografik xossalari tagliklarning turiga, eritma tarkibidagi suv/metanol nisbatiga va sintez davomiyligiga bog’liq. Tagliklar sifatida kvarts shisha plastinkalardan foydalanilganda tagliklar sirtida geksagonal kesik piramida shaklidagi ZnO nanokristallari hosil bo’ladi. Ularning o’lchamlari va kristallik sifati eritma tarkibidagi suv/metanol nisbatiga bog’liq. Sof borosilikat shisha tagliklardan foydalanilganda esa tagliklar sirtida tartibsiz yo’nalishda shakllangan qirralarga ega ZnO ning yupqa plyonkalari hosil bo‘ladi va bu qirralarning shakllanishi sintez davomiyligiga bog‘liq. Tadqiqotlar ko‘rsatdiki, sintez jarayonida alyuminiy plyonkasi qoplangan borosilikat shisha plastinkalar tagliklar sifatida foydalanilganda 24 soat davomida tagliklar sirtida ZnO ning g‘ovak strukturali yupqa plyonkasi hosil bo‘ladi. Yuqori haroratda termik ishlov berilganda g‘ovak strukturalar devorining qalinligi kamayib, ularning sirt maydoni ortadi.



None

Sahifalar soni 01-13 | 37 Ko'rishlar | 45 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish