Samarqand kimyo kombinati atrof-muhitga qattiq va gazsimon chiqindilar chiqarishi natijasida sug‘oriladigan bo‘z tuproqlar og‘ir metallar bilan ifloslangan. G‘o‘za ekilgan maydonlarga organik va mineral o‘g‘itlar berish vegetatsiya davri oxirida o‘g‘itsiz variantga nisbatan xarakatchan og‘ir metallar miqdorini kamaytirdi. Ayniqsa, N250P175K125 +30 t/ga go‘ng berilgan variantda eng yaxshi natijaga erishildi va Ci – 65%, Zn-48%, Pb-39%, Co-51%, As-45% ga kamaydi