Ushbu olib borilgan tadqiqot ishida Gʻarbiy Zarafshon togʻ tizmasida tarqalgan 15 tur koʻp yillik yovvoyi oʻsimliklar tarkibidagi fitonematodalarning biotoplar boʻyicha vertikal tarqalishi oʻrganildi. Tadqiqot natijalariga koʻra oʻrganilgan oʻsimliklar fitonematodafaunasi Nematoda tipining 3 ta sinfiga (Chromadorea, Enoplea, Dorylaimea) mansub 84 turdan iborat ekanligi aniqlandi. Bu turlar oʻsimlik bilan munosabatiga koʻra 7 ta guruhga boʻlingan boʻlsa, ularning orasida oʻsimlik bilan uyushma hosil qiluvchilar (21 tur), notipik saprobiontlar (18 tur) va erkin yashovchi tuproq nematodalari (17 tur) dominantlik qilishi bilan ajralib turdi. Parazit nematodalardan Ditylenchus avlodi, mikogelmintlardan esa Aphelenchoides parietinus va Paraphelenchus pseudoparietinus nisbatan koʻp tarqalganligi aniqlandi.